Assalamu alaykum. Men Bomdod namozidagi tahoratimni buzmay Peshingacha юrsam va Peshin namozi oldi shu tahorat bilan mahsi kiysam, so'ngra hojatga borsam, shu holatda ham mahsiga mash tortishim durust bo'ladimi? Shu holatda mash tortish muddati Bomdoddagi tahoratimdan hisoblanadimi yoki Peshin oldi mahsi kiygan paytimdan hisoblanadimi?
Vaalaykum assalom. Ha, mahsini to'liq tahorat bor vaqtida kiyganingiz uchun, tahoratingiz singach, unga mash tortishingiz durust bo'ladi. Mash tortish muddati tahorat olingan yoki mahsi kiyilgan vaqtdan emas, balki mahsi kiyilgandan so'ng ilk bor tahorat singan vaqtdan boshlanadi. Demak, sizning holatingizda muddat mahsi kiyganingizdan keyin hojatga borgan, ya'ni tahoratingiz buzilgan paytdan e'tiboran bir kecha-kunduz hisoblanadi. Vallohu a'lam.