assalomu alaykum hurmatli ustozlar. menga bir kompaniyada ishga kirish uchun test topshirig‘i berilgan. kompaniya nomi — xm trading, u forex va cfd savdosi bilan shug‘ullanadi. agar bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajarsam, shu kompaniyada doimiy dizayner sifatida ishlash taklif etiladi. savolim shuki: bunday kompaniyada motion dizayner sifatida ishlash joizmi? ya’ni, men o‘zim savdo qilmayman, faqat reklama roliklari va dizaynlar bilan shug‘ullanaman. shunday ish halol hisoblanadimi? oldindan javobingiz uchun rahmat, alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Bismillahir rohmanir rohim. Foreks savdolarida ishtirok etishga ulamolar ruxsat berishmagan. Shuningdek, CFD (contract for difference - narxlar o‘rtasidagi farqga qilingan shartnoma) ko‘rinishida bitim tuzish ham joiz emas, chunki bunda real aktiv ustida haqiqiy savdo amalga oshmaydi. Balki asli mavjud bo‘lmagan narsa ustida spekulyativ savdo qilinadi. Shu tufayli birja savdolarida siz aytgan ko‘rinishda ishtirok etish mumkin emas. Siz garchi bu savdolarda bevosita ishtirok etmasangizda, uning faoliyatini reklama qilishingiz, targ‘ibotiga xissa qo‘shishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa nojoiz ishga yordam berish bo‘lib qoladi. Shuning uchun bu ish bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmaymiz. Vallohu a’lam.