Assalomu alaykum rahmatullohu va barokatuh. Men davlat ishida ishlayman va dala ishlariga chiqamiz. Ba'zi paytlar men dalaga chiqishim kerak boʻlsa chiqmasam ham "chiqildi" deb qoʻyib yuboriladi. Sababi men offisda qolib bajarilmagan ishlarni bajarib turaman. Shunda dalaga chiqmasdan pulni olsam Harom boʻladimi?
Modomiki, ish beruvchining roziligi va ruxsati bilan belgilangan vazifa o‘rniga boshqa ishni bajarayotgan bo‘lsangiz, olayotgan maoshingiz harom hisoblanmaydi. Biroq, kelajakda tushunmovchilik va nizoga sabab bo‘lmasligi uchun ish beruvchi bilan kelishib, hujjatlarni ham amaldagi vazifangizga muvofiqlashtirish tavsiya etiladi. Zero, dinimiz har bir ishda shaffoflik va rostgo‘ylikka buyuradi.