TALOQ XAQIDA

ID: 3151

09.10.2025

579

Savol:

Assalomu alaykum domla xomlador ayolga iddasi tugamey turip uylansa boʻladimi

Javob:

Va alaykum assalom. Iddadagi ayolga nafaqat uylanish, balki sovchi qo‘yish ham harom hisoblanadi. Idda chiqmasidan turmush qurishi mutlaqo joiz emas va u shar’iy jihatdan haqiqiy nikoh hisoblanmaydi. Chunki, idda o‘tirishning sababi faqatgina homilani aniqlash emas. Balki, ortda qolgan nikohning va ushbu nikohda jufti halol bo‘lgan erning ehtiromi uchun ham ayol idda o‘tiradi.Burhoniddin Marg‘iloniy rahmatullohi alayh “Hidoya” kitobida quyidagilarni aytadi: )وَإِنْ كَانَتْ حَامِلًا فَعِدَّتُهَا أَنْ تَضَعَ حَمْلَهَا ) لِقَوْلِهِ تَعَالَى { وَأُولَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَنْ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ( ) وَعِدَّةُ الْحُرَّةِ فِي الْوَفَاةِ أَرْبَعَةُ أَشْهُرٍ وَعَشْرٍ ) لِقَوْلِهِ تَعَالَى وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا “Agar ayol homilador bo‘lsa uning iddasi homilasini tuqqunichadir. Chunki Alloh taolo: “Homilador ayollarning idda muddati homilalarini tuqqunlarigachadir”, degan (Taloq surasi 4-oyat)”. Eri vafot etganda ozod ayolning iddasi to‘rt oy va o‘n kundir. Chunki Alloh taolo: “ Sizlardan vafot etib, xotinlarini qoldirgan bo‘lsalar, (beva xotinlari) to‘rt oyu o‘n kun o‘zlarini kuzatib (idda saqlab) o‘tiradilar”, - degan (Baqara surasi 234-oyat)”. Demak, idda tugagach, er va ayol o‘rtasidagi nikoh aloqalari tugaydi. Yangidan turmush qurmoqchi bo‘lgan ayol idda muddati tugagandan keyingina nikohlanishi mumkin bo‘ladi (Manba: “Hidoya”, “Al-Muxtor” va “Al-Ixtiyor” kitoblari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar