AKЦIYA SAVDOSIDAGI NOANIQLIK MASALASI

ID: 13323

14.06.2026

219

Savol:

Assalomu alaykum. Aksiya oldi-sotdilari bo'yicha savolim bor edi. Korxona akцiyasi AAOIFI standartlari bo'yicha halol. Korxonada yaqin orada faoliyatiga ta'sir qiluvchi yangilik bo'lishi kutilmoqda (liцenziya, patent olish, yillik yoki choraklik foyda va zararlarni e'lon qilish, tenderda юtish va hokazo). Чiquvchi yangilik ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Shu holatda korxona akцiyasini olib, narxi ko'tarilganda sotish joizmi? Korxona har tomonlama, jumladan, fundamental jihatdan tekshirilgan, omadga ishonib savdoga kiritilmayapti. Yangiliklarga qarab akцiya narxlarida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. Savolim boisi shundaki, bunday noaniqliklar savdo hukmiga ta'sir qilmaydimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Modomiki korxona faoliyati va akцiyalari shariat mezonlariga javob berar ekan, tahlillarga yoki kutilayotgan yangiliklarga tayanib foyda ko'rish maqsadida ularni olib sotish joizdir. Siz nazarda tutgan narx va vaziyatga oid noaniqlik savdo bitimidagi shar'iy taqiqlangan g'arar emas, balki bozordagi tabiiy tijorat xatari hisoblanadi. Bu holat savdoning halolligiga ta'sir qilmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar