UYQU TAHORATNI BUZADIMI

ID: 5497

25.12.2025

567

Savol:

Uxlasa ammo el ham namlik ham chiqmagan bo'lsa tahorat buzilgan bo'ladimi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Tahoratni quyidagi amallar sindiradi:

  • Old va orqa avratlardan chiqadigan har qanday (odatiy va noodatiy) narsalar;
  • Bu ikki yo'ldan boshqa joylardan chiqqan oquvchi qon, yiring kabi najosatlar;
  • Og'iz to'ldirib qayt qilish yoki tufuk qizaradigan darajada qon qayt qilish;
  • Biror narsaga suyanib uxlash;
  • Hushdan ketish, jinnilik va mastlik;
  • Balog'atga etgan kishining ruku va sajdali namozda ovoz chiqarib kulishi (“Al-Muxtor lil-fatvo”). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar