Yomg‘ir chuvalchangi deb ataladigan yomg‘ir yog‘gandan keyin chiqadigan chuvalchang halolmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Chuvalchangni yeyish halol emas. Chunki yer qurt-qo‘ng‘izlari, hasharotlari oyati karimadagi "nopok" narsalarga kiradi. Qur’oni karimda shunday deyiladi:
وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ ﴿١٥٧ الأعراف﴾
"...pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi" (A’rof surasi 158-oyat). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.