CHOYCHAQA (CHIVI)

ID: 4242

16.11.2025

70

Savol:

Assalomu alaykum. Men hozirda ovqat etkazib berish, ya'ni kurerlik bilan shug'ullanyapman. Mening faoliyatim davomida naqd puldan bo'lgan buюrtmalarga men oldindan kurerlik qilib ishlaydigan kompaniyaga tushuraman. Shu tushurgan pullar hisobidan bizga naqd pulga buюrtma olish imkoni yaratiladi. Endi savolim shuki, shu naqd pulda bo'lgan buюrtmalarga bizga choychaqa berishlik yoki qaytimga pul topmaslik holatlari bo'ladi. Shunda ular buni o'zingizga qoldiring deyishadi. Aslida choychaqa olsa bo'ladimi, halolmi? Halol bo'lsa, qanday ko'rinishlari?

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar mijoz o'z ixtiyori va roziligi bilan qaytimni olmasa yoki qo'shimcha pul bersa, bu shariatda «hadya» hisoblanadi va uni olishingiz haloldir. Zero, mijoz o'z haqqidan voz kechib, uni sizga mulk qilib bergan bo'ladi. Shu bois, bu mablag'ni kompaniyaga topshirmasdan, o'z ehtiyojingiz uchun ishlatishingiz joiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar