Assalomu alaykum. Namoz o'qiydigan kiyimga choy yoki shunga o'xshash narsalar tegsa, to'kilib ketsa, namozga zarari bormi? Javob uchun rahmat!
Vaalaykum assalom. Choy, qahva, sharbat va shunga o'xshash suюqliklar najosat emasligi sababli, ularning kiyimga to'kilishi namoz o'qishga monelik qilmaydi. Shu bois, bunday kiyim bilan ibodatni ado etish mumkin.
Ammo, Robbimiz huzuriga eng go'zal va pokiza kiyimlarda turish afzal va ajri ko'proqdir. Shuning uchun imkon qadar namoz uchun, ehtirom юzasidan eng yaxshi kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.