CHILLA

ID: 3458

20.10.2025

143

Savol:

Assalomu aleykum. Savolim shuki, oilada chaqaloq tug‘ilsa "chilla" degan narsasi "chiqarkan", undan keyin qo‘shnilarga pishiriq, shirinliklar tarkatish odatimi irimimi bor emush. Mani fikrimcha bu bo‘lmagan narsa va bid’at. Keyingi savolim, 3 ta qiz farzandi bor odam, 4chisini o‘g‘il tuqsa Muhammadyusuf kuyish kerak degan gap bor emush. Shu masala buyicha yordamlariz kerak. Erta-indin biz xam shu xatoni qilib qo‘ymaylik

Javob:

Avvalo, "chilla" saqlash yoki undan so‘ng shirinlik ulashish shariatimizda buyurilgan amal emas. Bular diniy hukm sanalmay, balki tajribadan kelib chiqqan xalqimiz urf-odatlari sirasiga kiradi. Modomiki, buni dindan deb e’tiqod qilinmas ekan, uning zarari yo‘q va bid’atga aylanmaydi. Ikkinchidan, uch qizdan keyingi o‘g‘ilga aynan "Muhammadyusuf" ismini qo‘yish shart degan gap asossiz va dinda yo‘q narsadir. Farzandga go‘zal ism tanlashda ota-ona to‘la ixtiyorlidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar