Qassobga ish haqi qanday beriladi? Qurbonlik go‘shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qurbonlikning go‘shtidan yoki terisidan yoki unga tegishli biror-bir a’zosini qurbonlikni so‘ygan qassobga xizmat haqqi sifatida berish mumkin emas. Chunki Payg‘ambarimiz alayhisalom hazrati Aliy raziyallohu anhuni bunday qilishdan qaytarganlar:
ولا تعط أجر الجزار منها (رواه الإمام البخاري عن عبد الرحمن بن أبي ليلى رضي الله عنه)
“Qurbonlik uchun so‘yilgan jonliqdan qassobning haqqini bermang” (Imom Buxoriy rivoyati).
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qurbonlik qiluvchi qassobning haqqini o‘z hisobidan berib bo‘lgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning go‘shti, yog‘i, terisi kabi narsalaridan berishi joiz. Bunda qassobga xizmat haqqidan tashqari hadya berilayotgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.