HAYVONLARNI STERILIZATSIYA QILISH YA'NI BIЧISH.

ID: 11501

05.05.2026

472

Savol:

Men veterinarman. Echkini takachasini bichib berishni soʼradi. Shu takachalarni bichish yani sterilizatsiya qilish joizmi.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Qo'y, echki va mollarni semirtirish va go'shti shirin bo'lishi uchun bichishga shariatimiz ruxsat beradi. Bu haqda "Mavsua'tul fiqhiyya" kitobida bunday deyilgan:

قرر الحنفية أنه لا بأس بخصاء البهائم ؛ لأن فيه منفعة للبهيمة والناس

ya'ni: "Hanafiylar hayvonlarni bichishda zarar yo'qligiga qaror qilgan. Чunki, ularni bichishda hayvon va odamlarga foyda bor". Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar