BOMDODNING SUNNATINI JAMOATDAN KEYIN O‘QIB OLSA BO‘LADIMI?

ID: 225

04.04.2025

124

Savol:

Agar jamoat bilan bomdod namozini farzini o‘qib sunnatini o‘qimagan bo‘lsa jamoatdan keyin sunnatini o‘qib oladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Bomdodning farziga qo‘shilgani sababli o‘qilmay qolgan bomdodning sunnatini farzdan keyin o‘qilmaydi. Balki sunnat bunday kishidan soqit bo‘ladi. Chunki bomdodni sunnati faqat bir o‘rinda qazo qilinadi. U ham bo‘lsa, bomdodning sunnati farzi bilan birga qazo bo‘lib, uning qazosini zavol vaqtigacha o‘qiydigan kishi sunnatini ham birga qo‘shib o‘qiydi, zavoldan keyinga qolsa, faqat farzi o‘qiladi. (“Fathu babil inoya” va “Hidoya” kitoblari).

Bomdodning sunnatini o‘qisa, farz jamoatiga yetisha olmaydigan bo‘lsa, sunnatni tark qiladi. Chunki farzning savobi sunnatning savobidan afzal. Agar farzdan bir rakatga yetish imkoni bo‘lsa, sunnat o‘qiladi (Sunnatni bir chetda o‘qiydi. Safga qo‘shilib yoki  orqasiga borib o‘qimaydi).

Chunki shu tariqa ham farzning, ham sunnatning fazli topiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar