Assalomu alaykum. Men bir kishining qo'y so'yayotganda Alloh taoloning ismini noto'g'ri zikr etganiga guvoh bo'ldim. U erda «Bismillohi Allohu akbar» deyish o'rniga, Alloh lafzining bitta «l» harfini «b» harfiga o'zgartirib va «h» harfining harakatini «u» emas, «i» deb, ya'ni «...Ablohi...» deya qo'y bo'g'ziga pichoq tortdi. Shunda bu hayvonning go'shti halolmi yoki harommi? Uni tanovul qilish joizmi?
Vaalaykum assalom. So'юvchining niyati so'yish paytida tasmiya, ya'ni Allohning ismini zikr qilish bo'lgan bo'lsa, talaffuzda xatoga yo'l qo'yganiga qaramay, bunday hayvonning go'shti haloldir. «Fatovoi Olamgiriya» kitobida bunday yozilgan:
وَلَوْ قَالَ بِسْمِ اللَّ بِغَيْرِ الْهَاءِ، إنْ أَرَادَ بِهِ التَّسْمِيَةَ يَحِلُّ وَإِلَّا فَلَا
«Agar (so'юvchi) “Bismilla” deb “h” harfisiz aytsa va bu bilan tasmiyani iroda qilgan bo'lsa, (so'yilgan hayvon go'shti) halol bo'ladi, aks holda yo'q».
...وسواء كان جاهلا بالتسمية المعهودة أو عالما وسواء كانت التسمية بالعربية أو بالفارسية أو أي لسان كان وسواء كان لا يحسن العربية أو يحسنها، كذا روى بشر عن أبي يوسف - رحمه الله تعالى -
«...so'юvchi odatiy tasmiyani bilmaydigan johil (bilimsiz) bo'ladimi yoki biladigan bo'ladimi, tasmiya arab, fors yoki boshqa har qanday tilda bo'ladimi, shuningdek, arab tilida yaxshi talaffuz qila oladimi yoki yo'qmi – barobardir (ya'ni, tasmiyasi durust bo'laveradi), Bishr Imom Abu Юsuf rahimahullohdan shunday rivoyat qilgan».
Demak, tili kelishmaganligi yoki bilmaganligi sababli talaffuzda xato qilgan kishining so'ygani, agar niyati shariatga muvofiq so'yish bo'lsa, halol sanaladi.
Ushbu hukm tili kelishmaydigan yoki bilmasdan xato qilganlarga tegishlidir. Biroq, bunga tayanib, so'yishda beparvolikka yo'l qo'yish durust emas. Shuning uchun, qassoblar va jonliq so'юvchi kishilar «Bismillahi Allohu akbar» lafzini to'g'ri va bexato talaffuz qilishni yaxshilab o'rganib olishlari lozimdir. Vallohu a'lam.