Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat: men pochkamdan shlang chiqarib qo'yishdi. Shu asnoda tahorat olib namoz o'qisam bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Agar siydik tinimsiz kelib tursa, siz "sohibi uzr" sanalasiz va har bir namoz vaqti kirganda yangi tahorat olib, ibodat qilaverasiz. Buyrakdan chiqqan shlang va qopchani echish tibbiy jihatdan mumkin bo'lmasa yoki bemorga mashaqqat tug'dirsa, ular tananing bir qismi hukmida bo'ladi. Shu sababli, ularni echmasdan, qopchada siydik bo'lgan holatda ham namoz o'qishingiz joizdir. Faqat imkon qadar namozdan oldin qopchani bo'shatib olish afzaldir. Vallohu a'lam.