BUKMEKERLIK KOMPANIYALARDA FUTBOL UYINLARIGA PUL TIKIB UYNASH JOIZMI?

ID: 663

04.04.2025

29

Savol:

Mening turmush o‘rtog‘im bukmekerlik kompaniyalarda futbol o‘yinlariga pul tikib o‘ynaydi bu ham qimor uyini hisoblanadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bukmekerlik kompaniyalarda futbol o‘yinlariga pul tikib o‘ynash qimor hisoblanadi. Bundan musulmon inson saqlanishi lozim. Chunki Islomda qimor o‘yini ulamolar ittifoqi bilan harom deb e’lon qilingan. Bunga Alloh taoloning ushbu oyati asos bo‘lgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz” (Moida surasi, 90-oyat).

Qimordan topilgan molni yemoq sudxo‘rlik bilan topilgan molni yemoqdan ham og‘irroqdir. Chunki qimorboz shariatda harom qilingan ikki gunohi azimga qo‘l uradi. Harom o‘yin o‘ynaydi va o‘yinda yutib olgan harom molni o‘zlashtiradi. Undan tashqari qimor Allohning zikridan, namozdan to‘sadi. Shuning uchun ham Islomda qimor o‘ynash sudxo‘rlikdan oldinroq harom qilingan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar