Assalomu alaykum yaxshimisz. Menda bir savol bor edi biz hozir jamoamiz bilan bir proyektimizga o‘yin qoshmoqchi edik. Bu o‘yin qumor bo‘lib qoladimi degan gumonim bor. Bizni saytimiz talim platformasi bo‘lib hozirda foydalanuvchilar olgan bilimlarini mustaxkamlashi uchun o‘yin formatda savolar berililar edi , hozirda Bizga bu o‘yinga yangilik kitishni taklif qilishti. Bu o‘yin shunday bo‘ladiki bitta turnir bo‘ladi va bunda qatnashish uchun foydalanuvchilar pul to‘lashadi va o‘yin ohirida kim testlardan yaxshi natija toplasa unga pul mukofoti beriladi adashmasam 3 o‘ringa pul mukofot beriladi. Shunda bu o‘yin diniy tomondan taqilanganmi yoqmi men shuni qilish buyirilgan dasturchiman.
Ishtirokchilarning o‘zlari to‘lagan pullardan mukofot jamg‘armasi shakllantiriladigan har qanday o‘yin va musobaqa shar’an qimor hisoblanadi. Chunki bunda har bir ishtirokchi o‘z pulini xatarga qo‘yib, yo yutib olish, yoki yutqazish ehtimoliga kirishadi. Dinimiz bunday moliyaviy munosabatni qat’iyan harom qilgan.