BU KELISHUV RIBOGA KIRADIMI?

ID: 380

04.04.2025

175

Savol:

Bir tanishim 3000$ ga mashina sotib oldi, keyin o‘sha mashinani manga "vikupka" ya’ni o‘zimga qoladigan qilib berdi. O‘sha mashinani man 24 oyda 6000$ qilib beraman. Lekin boshlang‘ich to‘lov bermaganman, ya’ni shapka bermaganman. Bu kelishuv riboga kiradimi yoki kirmaydimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Bu riboga kirmaydi. Balki bu savdo nasiya savdo bo‘lib, nasiya bo‘lgani uchun tabiiyki naqd savdoga qaraganda bahosi qimmatroq bo‘ladi. Bu haqida zamonamizning yetuk ulamolaridan Fazilatli Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy shunday deydilar:

أما الائمة الأربعة وجمهور الفقهاء والمحدثين فقد اجازوا البيع المؤجل بأكثر من سعر النقد بشرط أن يبت العاقدان بأنهبيع مؤجل بأجل معلوم وبثمن متفق عليه عند العقد

To‘rttala mazhab imomlari va fuqaho muhaddislar jumhuri nasiyani naqdning bahosidan qimmatroq sotish savdosiga ijozat berganlar. Lekin, oluvchi va sotuvchi muayyan muddatga va kelishuv vaqtidagi muayyan narxga uzil-kesil kelishib olishlari shart. (“Buhusun fi qozoya fiqhiyya mu’asiro” kitobi).

Shundan ko‘rinib turibdiki, naqdga ko‘ra nasiyaga qimmatga sotish joiz, bo‘lib to‘lashga kelishish ham joiz. Lekin kelishilgan muddat tayin bo‘lishi va savdoni naqd yoki nasiyadan qaysi biriga ekanligi, kelishuv vaqtida tayin topishi shart. Agar ikki tomon “Naqdga olsang faloncha, nasiyaga olsang faloncha” deb ikkisidan biriga uzil-kesil kelishib olinmasa, savdo fosid bo‘ladi.

Nasiya savdo bilan sotib olingan narsa ham to‘liq xaridorning tasarrufiga o‘tadi va xaridor sotuvchidan (pulni naqd bermagani uchun) mahsulotning narxiga qarzdor bo‘lib qoladi. Bundan keyin sotuvchi xaridordan faqat pulni so‘raydi, mashinani emas. Buning ustiga nasiyaning muddati to‘lgach, xaridor pulni to‘lay olmasa, yana qo‘shimcha narx qo‘yish (ba’zilar buni jarima deydi) joiz emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar