Assalamu aleykum katta yulda ketishda bir moshinagi bokovoyini sindirip utipman likin sezganim yuk orkamdagi bita moshina kelib ayti orkadagi moshinaga zaraz yetkazdiz burilib olib izladim amo topolmadim uni xakini kanday ado kilsam buladi vaxtizni olganim uchun uzur sizlardan OLLOX rozi bulsin
Bunday vaziyatda, avvalo, zarar yetkazilgan mashina egasini topish uchun imkon boricha harakat qilish lozim. Siz uni izlaganingiz va topa olmaganingiz sababli, zimmangizdagi bu haqdan qutulish uchun endi o‘sha sindirilgan yon oynaning taxminiy qiymatini chamalab, o‘sha miqdordagi pulni haq egasining nomidan biror muhtojga sadaqa qilib yuborasiz. Bunda “O‘sha yetkazgan zararim evaziga, mashina egasining nomidan” deb niyat qilasiz. Shu bilan birga, Alloh taolodan bu xatoingizni kechirishini so‘rab, istig‘for aytasiz. Kelgusida agar o‘sha mashina egasi topilib qolsa va u sizning qilgan o‘sha ehsoningizga rozi bo‘lmasa, unga zararning qiymatini qaytadan to‘lab berishingiz lozim bo‘ladi. Bu holatda, avvalroq qilgan sadaqangizning savobi esa, inshaalloh, o‘zingiz uchun bo‘ladi.