BO‘YINGA MASH TORTISHDA ALOHIDA SUV OLINADIMI?

ID: 816

04.04.2025

20

Savol:

Tahoratda boshga, quloqqa va bo‘yinga mash tortishda qo‘lni bir marta suv bilan ho‘llash kifoya qiladimi yoki bo'yinga mash tortishda alohida ho‘llash kerakmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Tahoratda boshga, quloqqa va bo‘yinga mash tortish uchun qo‘lni bir marta ho‘llash kifoya qiladi. Lekin quloqni mash qilishda yangi suv olishning ham zarari yo‘q.

Bu haqida fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi:

( وَمِنْهَا مَسْحُ الْأُذُنَيْنِ ) يَمْسَحُ مُقَدَّمَهُمَا وَمُؤَخَّرَهُمَا بِالْمَاءِ الَّذِي يَمْسَحُ بِهِ رَأْسَهُ كَذَا فِي شَرْحِ الطَّحَاوِيِّ وَلَوْ أَخَذَ مَاءً جَدِيدًا مِنْ غَيْرِ فَنَاءِ الْبَلَّةِ كَانَ حَسَنًا كَذَا فِي الْبَحْرِ الرَّائِقِ

Ya’ni: “Quloqqa mash tortish – tahoratning sunnatlaridan. Boshga mash tortgan suv bilan quloqning oldi va orqasiga mash tortadi. Agar barmoqlarning nami tugamasdan ham yangi suv olsa, yaxshi bo‘ladi, “Al-Bahrur roiq” kitobidan shunday kelgan” (“Al-Fatovol hindiya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar