BOSHIMGA MASHTORTISH ESIMDAN CHIQIB KETADI

ID: 392

04.04.2025

10

Savol:

Men tahorat qilayotganimda ba’zi vaqtlarda boshimga mash tortish esimdan chiqib ketadi, keyin artinayotganimda yodimga tushadi. Keyin boshimga mash tortib qo‘yaman, shu to‘g‘rimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Boshning to‘rtdan biriga mash tortish tahoratning farzlaridan biridir. Ya’ni usiz tahorat shariatda buyurilganidek ado topmaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ  

“Ey, imon keltirganlar! Namoz (o‘qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni to‘piqlarigacha (yuvingiz)!” (Moida surasi, 6-oyat).

Shuning uchun ham tahorat qilayotganda e’tiborliroq bo‘lishga harakat qiling.

Agar tahorat qilish bilan artinishingiz o‘rtasida ko‘p muddat o‘tmagan bo‘lsa, darrov boshingizga mash tortsangiz bo‘ladi. Faqat tartibga rioya qilish sunnati tark etilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar