Assalomu alaykum. Bir domlaning ma'ruzasida eshitdim: u kishi qurbonlik nisobini hisoblashda, masalan, insonning olti xonali uyi bo'lsa-ю, hozir faqat to'rt xonasidan foydalansa, ya'ni qolgan ikki xonasi bo'sh turgan bo'lsa, qurbonlik nisobini hisoblashda shu ikki xonaning qiymati ham qo'shiladi, demoqdalar. Shu haqida batafsil ma'lumot bersangiz.
Vaalaykum assalom. Inson o'zi yashab turgan uyning barcha xonalaridan to'liq foydalanmasa-da, bo'sh turgan xonalarning qiymati zakot yoki qurbonlik nisobiga qo'shilmaydi. Чunki kishining yashab turgan joyi uning asosiy ehtiyoji hisoblanadi va uyning ba'zi qismlaridan vaqtincha foydalanilmayotgan bo'lishi bu hukmni o'zgartirmaydi. Demak, siz eshitgan ma'ruzadagi hukm to'g'ri emas.
«Fatovoi Olamgiriya» kitobida bu haqda shunday deyiladi:
رَجُلٌ لَهُ دَارٌ يَسْكُنُهَا يَحِلُّ لَهُ الصَّدَقَةُ، وَإِنْ لَمْ يَسْكُنْ الْكُلَّ هُوَ الصَّحِيحُ كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ.
«Bir kishining yashaydigan hovlisi bo'lib, garchi uning barcha (xonalari)da yashamayotgan bo'lsa ham, unga sadaqa olish halol bo'laveradi (ya'ni, uy sababli nisob egasi bo'lib qolmaydi). To'g'ri qavl shudir. "Zohidiya"da shunday keltirilgan». Vallohu a'lam.