Assalomu alaykum. Hojatxonaga kirayotganda keyin namaz o‘qiyotgan paytida bosh kiyim kiyib yurish kerakmi. Namozniku bilaman lekin hojatxonaga kirgada ham bosh kiyim bilan kirish kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish mustahab va odob hisoblanadi. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday qilganlar. Bu haqda alloma Tahtoviy rohimahulloh shunday zikr qilganlar: “Hojatxonaga chap oyog'i bilan, boshini yopgan holda kiradi. Bu mustahabdir” (“Hoshiyat Tahtoviy ala Maroqil faloh” kitobi). Habib ibn Solihdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar, oyoq kiyimlarini kiyib olardilar va boshlarini yopar edilar” (Imom Bayhaqiy rivoyati). Lekin bu ish mustahab amal sanalgani uchun, tark qilinsa, gunohkor bo'lmaydi. Vallohu a'lam!