BOMDOT FARZI

ID: 2998

03.10.2025

29

Savol:

Assalom u aleykum, bomdotni farzini toʻligʻicha maxfiy oʻqib qoʻysa boshqatdan oʻqish kerak boʻladimi

Javob:

Va alaykum assalom. Yo‘q. Bu bilan namoz buzilmaydi va qayta o‘qish shart bo‘lmaydi. Bomdod, Shom va Xufton namozlarini farzlarini jahriy ya’ni ovoz chiqarib o‘qish jamoat bo‘lib o‘qilganida vojib hisoblanadi. Ammo yolg‘iz o‘qilganida ixtiyorlidir. Shunday ekan Bomdod namozini yolg‘iz o‘qigan kishi jahriy yoki maxfiy o‘qishi o‘z ixtiyorida bo‘ladi (jahriy o‘qish afzal). Bordiyu, jamoat bilan o‘qilganida unutib maxfiy o‘qib qo‘yilsa namoz oxirida sahv sajdasi qilish bilan to‘g‘irlanadi.Sahv sajdasi haqida ushbu link orqali ma’lumot olishingiz mumkin. #Videolavha

  1. SAJDAI SAHV QANDAY QILINADI?

YouTube (https://www.youtube.com/c/Fatvouzb) | Instagram (https://www.instagram.com/fatvouz/) | Facebook (https://www.facebook.com/diniysavollar) | Tiktok

🔗 (https://www.tiktok.com/@fatvouz)Ulashing: @diniysavollar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar