BOMDOD NAMOZINI VAQTI KIRMASDAN O'QISH

ID: 4809

04.12.2025

556

Savol:

Bomdod namozini vaqtidan oldin o'qisa bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo'q, Bomdod namozini va boshqa farz namozlarni o'z vaqti kirmasdan oldin o'qish joiz emas. Chunki namoz vaqtining kirishi namozning durust bo'lishi uchun asosiy shartlardandir. Agar namoz vaqtidan avval o'qilsa, u farz o'rniga o'tmaydi va nafl bo'lib qoladi. Shu sababli, vaqt kirganidan so'ng namozni qaytadan o'qish lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar