BOLAGA "MUSTAFO" YOKI "MUHAMMAD" DEB ISM QO‘YISH MUMKINMI?

ID: 879

04.04.2025

223

Savol:

Akasiga "Mustafo", ukasi "Muhammad" deb ism qo‘ysa joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Tug‘ilgan farzandga "Mustafo" deb ism qo‘yish, ukasiga esa "Muhammad" deb nom qo‘yish joiz.

Har bir ism aslida muboh hisoblanadi. Modomiki ismning lafzi yoki ma’nosi yomon bo‘lmasa, u bilan nomlash joizdir. “Mustafo” so‘zi ham shular jumlasidandir. Bakr ibn Abdulloh Abu Zayd o‘zining “Tasmiyatul mavlud” kitobida o‘g‘il farzandlarga qo‘yiladigan ismlar qatorida “Mustafo” ismini ham zikr qilgan. Ammo sahobalar yoki mashhur tobe’inlardan birortasi mazkur ism bilan nomlangani haqida bizda mavjud manbalarda ma’lumot topilmadi. 

Ba’zi ulamolar “Mustafo” ismini payg‘ambarimiz alayhissalomning ismlaridan hisoblagan. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh shunday deydilar:

 ومن أسمائه - أي : النبي صلى الله عليه وسلم - المشهورة : المختار والمصطفى والشفيع المشفع والصادق المصدوق " انتهى من " فتح الباري 

“Payg‘ambarimiz alayhissalomning mashhur ismlari quyidagilar:Al-Muxtor, Al-Mustafo, Ash-SHafi’, Al-Mushaffi’, As-Sodiq, Al-Masduq” (“Fathul Boriy” kitobi).

Qoziy Iyoz rahimahulloh siyrat haqida kitob yozib, uni “Ash-Shifo bita’rifi huquqil Mustafo”, deb nomlagan.

Mustafo so‘zi Payg‘ambarimizning atoqli ismlaridan emas, balki sifatlaridan bo‘lishi ham mumkin. Nima bo‘lgan chog‘da ham “Mustafo” deb ism qo‘yishda muammo yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar