BOLAGA BESHIK OLISH KIMNING ZIMMASIDA?

ID: 334

04.04.2025

25

Savol:

Farzand tug‘ilganda beshikni qizning ota-onasi qilishi shartmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Dinimizda farzand balog‘atga yetgunicha uni yedirib-ichirish, kiyintirish, uy-joy va boshqa barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek, xastalik yetsa davolatish va ta’lim tarbiya berish ham otaning zimmasiga vojibdir. Bu haqida Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qilgan:

وَعلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ

ya’ni: "...Ularni ma’ruf ila yedirib, kiyintirish tug‘dirganning zimmasidadir..." (233-oyat). 

Shunday ekan bolaga beshik olish ham otaning zimmasida. Bu majburiyatlarni bajarmasdan boshqalarning zimmasiga yuklash durust emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar