Assalomu alaykum. Bola tushganidan keyin qon to'xtamasa, ro'za tutsa bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Agar tushgan homilaning qo'l, oyoq yoki soch kabi biror a'zosi shakllangan bo'lsa, undan keyin kelgan qon nifos hisoblanadi va bu holatda qon to'xtaguniga qadar ro'za tutilmaydi. Biroq nifosning eng ko'p muddati qirq kun bo'lgani uchun, agar qon qirq kundan oshib ketsa, g'usl qilib ro'za tutilaveradi. Agar homilaning a'zolari umuman bilinmasa, kelayotgan qonning muddati va oldingi poklik kunlariga qarab u hayz yoki istihoza qoni hisoblanadi.
Shunga binoan, qon hayz hukmida ekani ayon bo'lsa, ro'za tutish mumkin emas. Ammo shartlariga ko'ra istihoza deb topilsa, ro'za tutish, hamda har namoz vaqti uchun tahorat olib namoz o'qish lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.