Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Savolim shundan iboratki, men bolalikdan nogiron o'n yoshli o'g'limga nafaqa olaman. Shu nafaqani faqat o'g'limning dori-darmoni, kiyim-kechagi va eb-ichishiga sarflashim kerakmi? Ba'zida shu nafaqaga uy-ro'zg'or buюmlari sotib olaman, shu ishim to'g'rimi?
Vaalaykum assalom. Islom dinida inson mol-mulkining himoyasi xuddi hayot va din muhofazasi kabi asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Shuning uchun kishi mol-mulkini birovlar tomonidan o'zlashtirilib юborilishiga hech qachon yo'l qo'yilmaydi. Ayniqsa, mol-mulkini o'zi tasarruf qila olmaydigan aqlan yoki jismonan zaiflar va balog'atga etmagan bolalarning haqlarini nohaq eyish o'ta og'ir gunoh sanaladi. Savolda so'ralgan balog'atga etmagan bolalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqa pullari ularning o'zlariga tegishli hisoblanadi va uni ota-onasi yoki vasiylar o'z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib юborishi mumkin emas. Hattoki, bolalar rozi bo'lgan taqdirda ham ishlatish joiz emas, chunki balog'atga etmagan bolalarning roziligi e'tiborga olinmaydi. Shuni qayd etish kerakki, qonunchilikda ham bolani ta'minotsiz qoldirib, ularga atalgan nafaqa pullarini o'zining shaxsiy manfaati yo'lida ishlatib юboradigan ota-ona yoki vasiylarga turli choralar ko'rilishi ta'kidlangan. O'ta muhtoj ahvolda bo'lgan ota yoki onaga ushbu puldan insof bilan ishlatishga ruxsat beriladi. Muhtoj bo'lmasa, o'zi uchun ishlatmaydi. Ishlatib qo'ygan bo'lsa, o'sha miqdorni to'lab qo'yadi. Balog'atga etgan bolaning pullarini esa ularning roziligi bilan ishlatish mumkin bo'ladi. Vallohu a'lam.