BODIBILDING MUSOBAQALARIDA QATNASHISH

ID: 4495

24.11.2025

44

Savol:

Assalomu alaykum. Menda bir savol bor edi. Bodibilding (mushaklarni o'stirish, shakllantirish va estetik ko'rinishga keltirishga qaratilgan sport turi) bilan shug'ullanib, sportchilar o'rtasidagi musobaqalarga chiqish (bu musobaqalarda sportchilar sahnaga chiqib, mushak hajmi, qotishi, simmetriya va umumiy estetik ko'rinish bo'yicha baholanadi) joizmi? Ya'ni, bu sport turi bilan musobaqaga chiqib, obro' orttirsa, pul ishlasa bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Bodibilding bilan shug'ullanishga monelik yo'q. Ammo musobaqalarda shariat belgilagan erkak kishining avrati ochiq holda sahnaga chiqishi esa durust emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar