Assalomu aleykum ustozlar bir xadisda Rosululloh Salallohu aleyhi vasallam aytgan ekanlar ovqatdan oldin bismillohni unutsanglar bismillahi avalinhu axiririn denglar shayton qusib qochadi degan mazmunda xadis bor ekan. Savolim shuki ustozlar bu faqat ovqat uchunmi masalan taxorat olayotganda odam o'rtasiga kelsa yoki ayoli bilan yaqinlik qilayotganda bismillahni ununtsa shundaham Bismillahi avalinhu axirin desa bo'ladimi?
Siz ishora qilgan hadis quyidagicha: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qachon biringiz taom yesa, Alloh ismini zikr qilsin. Agar avvalida unutsa, "Bismillahi avvalahu va oxirahu" desin» (Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari).
Fuqaholar va muhaddislar bu hukm faqat taom va ichimlikka xos ekanini ta’kidlaganlar. Tahorat, ahli bilan yaqinlik va boshqa amallarda "Bismillah" unutilsa, ushbu zikrni aytish sunnatda vorid bo‘lmagan. Vallohu a’lam.