BIROVNI MOLINI SOTIB BERISH

ID: 3388

17.10.2025

63

Savol:

Bir do‘stim telefon savdosi bilan shug‘ullanadi, uning oldiga odamlar ishlatilgan telefonini sotib berishini so‘rab kelishadi, u esa "qachon sotsam pulini beraman" deb olib qoladi va sotgandan soʻng pulini beradi.Shu ishi to‘g‘rimi?

Javob:

Bu ish to‘g‘rimas. Ammo buni to‘g‘irlash mumkin. Buni ikki yo‘li bor.

  1. Do‘stingiz telefonini berib ketgan odamni vakili sifatida sotishi. Bunda telefonni egasi "Sizni telefonimni sotishga vakil qilidim" deb narxini belgilab berib ketadi. Do‘stingiz sotganidan keyin egasiga qanchaga sotganini xabarini beradi va u kiishini o‘zi qanchadir pul berishi mumkin.
  2. Do‘stingiz telefonni nasiyaga sotib olishi. Bunda telefonni o‘zaro kelishilgan bir kunda pulini berishga oladi va ustiga foyda qo‘yib sotadi. Ammo bu savdoda pulini berish kuni aniq bo‘lishi va shu kun kelganida telefonni sotsa ham sotmasa ham pulini to‘lashi yoki haqdorni roziligi bilan kunni uzaytirishi mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar