Qizlik uyimda spark mawinasi bor ekan. Uni bugundan haydash uchun erimga berdik. Avtomobilga ijara sifatida oylik tolov qlmasdan har haftalik roʻzgʻor uchun kerak narsalarni olib beradila. Onam ukam buvimgila yeyishadi. Bu xolat birovni haqqini yeyishga kiradimi
Bu ko‘rinishda ijara bitimi tuzish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ijara haqqi aniq bo‘lishi kerak, ro‘zg‘orga kerakli narsalar olib kelish, degan so‘zda majhullik bor, bu esa oxiri janjalga olib boradi. To‘g‘risi — bir oylik ijara haqqini aniq bir pul mablag‘iga kelishib olishdir. Vallohu a’lam.