Buvamni ya’ni onamni qaynotalari yeriga qo’shnisining 2 ta tovug’i ko’p jo’ja ochgan ekan, onam bittasini jo’jalari bilan haydavorgan ekanla, ikkinchisini 12 ta jo’jasi bilan qayni ukalari olib qolgan ekanla, keyin onamga boqishga yordam bering deb shu bilan u tovuqlar onamda qolgan ekan va ancha vaqt ko’paygan xullas ancha foydalanishgan ekan, u voqeaga ancha yillar bo’ldi, onam afsuslanib shu tovuqlarni haqqini qaytarmoxchilar qanday miqdorda qaytarishlari kerak ?
Nechta tovuq va jo‘ja olib qolgan bo‘lsalar, shuning qiymatini egasiga yetkaziladi. Egasi rozi qilinadi. Istig‘for aytiladi. Vallohu a’lam