BIRINCHI UMRANI TUGATMAY IKKINCHISINI BOSHLASH

ID: 69

04.04.2025

32

Savol:

Bir tanishim Umra qilayotib, tavof va sa’y qilgan. Ammo sochini olmay turib, Oisha onamiz masjidiga borib, yangi umraga ehrom bog‘lab kelgan.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Umra qilayotgan kishi shu holatni sodir etsa, bitta jonliq so‘yadi. Chunki u birinchi umrani to‘liq tugatmay turib, ikkinchi umraga ehrom bog‘lagan. Ikki ehromni jamlagani uchun jonliq-qo‘y so‘yishi vojib bo‘ladi. Bu haqida “Hidoya” kitobida shunday deyilgan:

ومن فرغ من عمرته إلا التقصير فأحرم بأخرى فعليه دم لإحرامه قبل الوقت لأنه جمع بين إحرامي العمرة وهذا مكروه ويلزمه الدم وهو دم جبر وكفارة 

“Umra qilayotgan kishi tavof va sa’yni qilib, sochini qisqartirmay turib, boshqa umraga ehrom bog‘lasa, vaqtidan oldin ehrom bog‘lagani uchun jonliq vojib bo‘ladi. Chunki u ikki ehromni jamlagan hisoblanadi. Bu amal esa, makruhdir. Zimmasiga lozim bo‘lgan jonliq ham nuqsonni to‘ldiruvchi, ham kafforat uchun bo‘ladi”.

Mazkur holatda yangi umraga ehrom bog‘lagan kishi umrasini oxiriga yetkazib qo‘yishi vojib bo‘ladi. Tugatgach, sochini olib ehromdan chiqadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar