Farz namozlarining birinchi rakatida zam suraga Nas surasini o'qigan inson ikkinchi rakatiga qaysi surani o'qishi kerak? Bu haqida turli fikrlar bildirilgan ekan. Anig'ini bilmoqchi edim. Rahmat.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Nafl namozlarda suralar tartibi shart emas. Ularda birinchi rakatda bir sura o'qib, keyingi rakatda shu suraning o'zini yoki undan юqoridagi surani o'qish joiz. Ammo farz va vojib namozlarda qasdan bunday qilish makruh bo'ladi. Farz va vojib namozni o'qiyotgan kimsa qasdan emas, balki beixtiyor birinchi rakatda Nas surasini o'qib qo'ysa, keyingi rakatda shu suraning o'zini o'qiyveradi. Zarurat bo'lgani uchun bu holatda makruh bo'lmaydi. Baqaraning boshi, ya'ni alif lam mimni o'qiydi, degan faqihlar ham bor. Vallohu a'lam.