Bemorlik sababli tik turib namoz o‘qiy olmaydigan kishi yoshligida qazo qilgan namozlarini o‘tirib, qazosini o‘qishi mumkinmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ha, mumkin. Bunga fiqhiy kitoblarimizda ruxsat berilgan. Jumladan, “Fatovoi hindiya” kitobida bu haqda shunday deyilgan:
وَإِنْ قَضَى فِي الْمَرَضِ فَوَائِتَ الصِّحَّةِ قَضَاهَا كَمَا قَدَرَ قَاعِدًا أَوْ مُومِئًا
ya’ni: “Bemor kishi sog‘lom vaqtida o‘qimagan namozlarini o‘z holiga qarab, o‘tirib yoki imo-ishora bilan qazo qiladi". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.