BIR XIL OYOQ KIYIM

ID: 4193

14.11.2025

32

Savol:

Assalomu alaykum! Bir kishi masjidga kirib namoz o'qidi, chiqsa, uning oyoq kiyimini kimdir o'ziniki deb o'ylab, adashib kiyib ketibdi. O'rniga o'zinikini qoldirib ketibdi. Qarasa, o'ziniki bilan bir xil ekan. Oyoq kiyimni kiyib ketgan kishini esa topishni iloji yo'q. Bu holatda kiyib ketgan kishining qoldirgan oyoq kiyimini kiyib ketsa bo'ladimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Yo'q, bu joiz emas, chunki qoldirilgan oyoq kiyim uning mulki hisoblanmaydi. Kimdir adashib uning oyoq kiyimini kiyib ketgani, bu kishiga birovning mulkini olish huquqini bermaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar