BIR QO'CHQORNI UCHTA QO'YGA ALMASHTIRISH

ID: 5829

04.01.2026

60

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli Fatvo hay'ati a'zolari! Dadam bir dona katta qo'chqorni uchta kichikroq hayvonga almashtirdilar. Ya'ni, bir dona katta qo'chqor evaziga ikki dona kichikroq qo'chqor va yana bir dona ulardan ham kichikroq bo'lgan qo'y oldilar (jami 1 taga 3 ta). Savdo o'sha vaqtning o'zida, kechiktirilmasdan amalga oshirildi. Ushbu savdoning hukmi qanday? Bir turdagi jonzotlarni (qo'yni qo'yga) vazni va soni turlicha holatda ayirboshlash joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Ha, joiz. Hayvonlar riboviy mollar sirasiga kirmagani bois, bir turdagi hayvonlarni, garchi soni va vazni turlicha bo'lsa-da, naqdma-naqd ayirboshlash durustdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar