Men qishloqda yashayman. Uyimizga atrofdagi qishloq masjidlaridan azon eshitiladi. Shularning qaysi biriga javob beramiz?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Birinchi eshitilgan azonga javob beriladi. Azonga javob berish mustahab sanaladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom ko‘plab hadisi shariflarida azonga javob berishga targ‘ib qilganlar. “Hoshiyatut tahtoviy” kitobida bunday deyilgan:
"وإذا تعدد الأذان یجیب الأول" مطلقاً سواء کان أذان مسجده أم لا؛ لأنه حیث سمع الأذان ندبت له الإجابة، ثم لایتکرر علیه في الأصح ".
“Azon ko‘p bo‘lsa, birinchisiga javob beradi. Bu mahalla masjididagi azon bo‘ladimi-yo‘qmi, farqi yo‘q. Chunki azonni eshitgan vaqtda javob berish mustahabdir. Eng to‘g‘ri so‘zga ko‘ra, keyingi azonlarga javob berish mustahab bo‘lmaydi”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.