Bir masalani shar’iy hukmini aniklashga yordamingiz kerak. Yuk tashuv sohasida ishlayman(ofisda), chet ellik xamkorimiz yuk tashuv pulini biroz kechiktirib tulash evaziga pul mukofoti taklif qildi. Ishlab turgan korxonam kechiktirilgan tulovdan zarar kurmaydi, birok taklif kilayotgan mukofot puli PORA bulib kolmaydimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Tushunishimizcha bu mukofot puli Sizlarga berilishi kerak bo‘lgan qarzni kechiktirish uchun berilmoqda. Masalan 10 million pul berishi kerak bo‘lgan taraf 5 kundan keyin 10 million va 1 million mukofat beramiz desa bu ish ribo bo‘ladi (garchi uni mukofat, ehson, hadya deb atalsa ham). Chunki har qanday qarz foyda keltirsa, ribo hisoblanadi. Bunga Payg‘ambarimiz alayhissalomdan naql qilingan quyidagi hadis ham dalolat qiladi: "كلُّ قرض جرَّ منفعة فهو ربا" (رواه البيهقي) “Har qanday manfaat keltirgan qarz – ribodir” (Imom Bayhaqiy rivoyati). Vallohu a’lam.