BIR MASALADA BOSHQA MAZHABGA ERGASHISH

ID: 2976

02.10.2025

31

Savol:

Assalomu alaykum. Bilamizki, mazhablar birlik ramzi hisoblanadi. Savolim shuki: Agarda bizning Hanafiy mazhabimizda biror narsa mumkin bo'lmasa, lekin boshqa mazhabda mumkin bo'lsa, biz uni o'sha mazhabdan olsak bo'ladimi? Bu erda o'tganda bir yo'la o'sha bob bo'yicha o'tilishni nazarda tutyapman. Masalan, tahorat bo'yicha qandaydir narsa bizda mumkin bo'lmasa, boshqa mazhabda mumkin bo'lsa, bitta o'sha masala bo'yicha emas, butunlay shu tahoratga doir hukmlar bo'yicha o'tsa bo'ladimi? Yoki uylanishga doir masala bo'yicha, bitta hukm bo'yicha emas, barcha shu uylanishga doir hukmlar bo'yicha o'tsa bo'ladimi, zarurat юzasidan? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Zarurat юzasidan boshqa mazhabga amal qilish muayyan shartlar bilan joiz. Biroq, bu ish mazhablarning dalillarini taqqoslay oladigan, diniy ilmi chuqur bo'lgan insonlar uchungina mumkindir. Oddiy avom insonning o'z xohishiga ko'ra engillik izlab, turli mazhablardan o'ziga ma'qul hukmni tanlashi "talfiq" deyiladi. Bu holat ilmsiz insonni o'z havoyi nafsiga ergashib, shariat engilliklarini suiiste'mol qilishga va oxir-oqibat shari'y majburiyatlarni butunlay zimmasidan soqit qilib юborishga olib keladi. Shu sababli, agar bir masalada boshqa mazhab hukmi olinsa, o'sha masalaga taalluqli barcha qoidalarga to'liq amal qilish shart. Bu murakkab shar'iy masala bo'lgani uchun, bunga faqat ishonchli olimning fatvosi va rahbarligidagina yo'l qo'yiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar