BILYARD O‘YNASH VA BILYARDXONADAN DAROMAD OLISH

ID: 919

04.04.2025

81

Savol:

Bilyard o‘ynash va bilyardxona ochib, undan daromad olish hukmi qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bilyard o‘yiniga pul tikilsa, yoki o‘yin haqqini yutqazgan to‘laydigan bo‘lsa,  qimor bo‘ladi va bu ish joiz emas. Agar bu kabi nojo‘ya ishlardan xoli bo‘lsa va quyidagi bir qancha shartlarga rioya qilinsa bu o‘yinni o‘ynash joiz bo‘ladi:

O‘yin Alloh taoloning zikridan va farz namozlardan to‘smasligi kerak.

O‘ynovchilar Islom ta’limotlariga rioya qilishlari kerak. Ya’ni, o‘yin, urush-janjal, xusumat, dushmanchilik, so‘kishish, o‘yinni yutish uchun hiyla, nayrangga olib bormasligi lozim.

Aksar hollarda mana shu o‘yin o‘ynovchilarga foydali bo‘lsin. Maqsad faqat vaqtni zoye qilish bo‘lmasin.

Bilyardxona ochmoqchi bo‘lgan kishi o‘yinchilar yuqoridagi qoidalarga amal qilishini ta’minlay olsa: namoz vaqtida o‘yinchilarni namozga targ‘ib qila olsa, o‘yinchilarni qimordan, urush-janjal, so‘kishishdan to‘sa olsa va yuqoridagi boshqa shartlarni yuzaga chiqara olsa, ochishi mumkin. Aks holda unday o‘yinxona ochishi durust emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar