Kasalxonada yotgan, turishi mumkin bo'lmagan homilador ayol tayammum qilib namoz o'qishi mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Tayammum arabcha so'z bo'lib, “qasd qilish”, degan ma'noni bildiradi. Shariatimizda esa poklik hosil qilish uchun pok er jinsini qasd qilish (ya'ni, юzga va qo'lga surtish)dir. Pok er jinsi deganda - tuproq, qum, tosh va shu kabilar tushuniladi. Tayammum tahoratning ham, g'uslning ham o'rniga o'tadi. Alloh taolo aytadi:
فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا
ya'ni: “...(lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qiling...” (Moida surasi, 6-oyat)
Quyidagi hadis ham vorid bo'lgan: “Suv topa olmasang, hatto o'n yilgacha bo'lsa ham, tayammum senga etarli bo'ladi” (Imom Abu Dovud Abu Zardan, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).
Tayammum qilish joiz bo'lishi uchun odam suv ishlatishdan ojiz bo'lishi kerak. Suvdan ojiz bo'lish turlicha bo'lishi mumkin:
Tayammmum quyidagicha qilinadi:
Tayammumni tahoratni buzuvchi narsalar buzadi (53-savolga qarang).
Suv topishidan umidi bo'lgan kishi namozni oxirgi vaqtigacha kechiktirib turishi mustahab hisoblanadi (“Al-Muxtor”, “Al-ixtiyor”). Vallohu a'lam.