BEMOR KISHI RO'ZA TUTA OLMASA GUNOHKOR BO'LMAYDIMI?

ID: 9794

24.03.2026

108

Savol:

Men 18 yoshdaman oshqozonimda muammo bor Yara bo'lgan shu uchun uydagilar ro'za tutishimga ruxsat berishmadi shunga bu ro'za tutmaganim gunoh bo'lmaydimi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Oshqozon yarasi (yazva) kabi kasalliklarda ro'za tutish sog'liqqa jiddiy zarar etkazishi mumkin bo'lsa, shariatimiz ro'za tutmaslikka ruxsat beradi. Bu gunoh hisoblanmaydi. Agar kasallik tuzaladigan bo'lsa, keyinchalik qazosini tutib berasiz. Agar shifokorlar tuzalishiga umid yo'q deb hisoblashsa, u holda har kunlik tutilmagan ro'za uchun 2 kg bug'doy qiymaticha fidya beriladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar