BELINI BOG‘LAB NAMOZ O‘QISH JOIZMI?

ID: 113

04.04.2025

33

Savol:

Bir odam belbog‘ bog‘lagan holda namoz o‘qib bo‘lmaydi deb qoldi. Shu gap qanchalik to‘g‘ri. Belga belbog‘ bog‘lab namoz o‘qish mumkin emasmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Namozda belga belbog‘ bog‘lab namoz o‘qish joiz. Uning hech qanday gunohi yo‘q.

Hanafiy ulamolardan Abul Ixlos Hasan Al-Vafoiy Shurunbiloliy bu haqda shunday deydi:

لا يكره له شد الوسط

“Namozxon belini bog‘lab namoz o‘qishi makruh bo‘lmaydi” (“Nurul izoh va najotul arvoh” kitobi, “Namoz o‘qiyotgan kishiga makruh bo‘lmagan narsalar” fasli).

Yana “Fatovoi hindiya” kitobida shunday deyiladi:

صَلَّى وَهُوَ مَشْدُودُ الْوَسَطِ لَا يُكْرَهُ ، كَذَا فِي الْمُحِيطِ 

“Beli bog‘langan holda namoz o‘qisa, makruh bo‘lmaydi. “Muhiyt”da ham shunday kelgan”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar