TAHORATNI BUZADIMI?

ID: 367

04.04.2025

70

Savol:

Ayol kishining avratidan chiqqan havo tahoratni buzadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu mavzuda "Fatovoi hindiya" kitobida shunday deyiladi:

وَالرِّيحُ الْخَارِجَةُ مِنْ الذَّكَرِ وَفَرْجِ الْمَرْأَةِ لَا تَنْقُضُ الْوُضُوءَ عَلَى الصَّحِيحِ إلَّا أَنْ تَكُونَ الْمَرْأَةُ مُفْضَاةً فَإِنَّهُ يُسْتَحَبُّ لَهَا الْوُضُوءُ .

كَذَا فِي الْجَوْهَرَةِ النَّيِّرَةِ .

"Sahih qavlga ko‘ra erkakning jinsiy a’zosi va ayolning farjidan chiqqan yel tahoratni sindirmaydi. Lekin ko‘p tug‘ish sababli ayolning old va orqa avratlari qo‘shilib ketgan bo‘lsa, farjidan yel kelganda tahorat yangilashi mustahabdir. "Javharotun-nayyiroh" kitobida shunday kelgan" ("Fatavoi Hindiya" kitobi, Tahorat kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar