Assalomu alaykum. Men qizlik paytimda ro'za tutardim, lekin Ramazon oyi oldidan tutilgan kunni «arafa» deb, «shu kuni qizlarning baxti ochiladi» degan noto'g'ri tushuncha bilan tush paytida duo qilib, ro'zani ochib юborishardi. Men ham bilmasdan shunday qilganman. Bu holat necha marta takrorlangani aniq esimda yo'q, taxminan besh marta bo'lgan. Hozirda qish kunlarida qazo ro'zalarimni tutib юribman. Avvallari bilmasdan, bid'at amalga ishonib ochgan ro'zalarimning har bir kuni uchun 60 kundan kafforat tutishim kerakmi yoki faqat o'sha kunlarning qazosini tutamanmi?
Vaalaykum assalom. «Arafa kuni ro'zani ochish baxt keltiradi» degan qarash hech qanday asosga ega bo'lmagan xurofot bo'lib, shariatimizga mutlaqo ziddir. Bunday ishni qilgan inson tavba qilishi va istig'for aytishi kerak.
Ramazon oyidan avvalgi ro'zalarni buzish kafforatni, ya'ni 60 kun ketma-ket ro'za tutishni vojib qilmaydi, faqat o'sha kunning qazosini tutish lozim bo'ladi. Shu sababli, siz ochib юborgan kunlaringizning sanog'iga ko'ra, har biriga bir kundan qazo tutib berishingiz kifoya. Vallohu a'lam.