BAVL QILGANDA SUV BILAN ЮVISH SHARTMI?

ID: 7458

15.02.2026

945

Savol:

kichik xojatga chikgan odam avratlarni юvish kerakmi yoki kogoz bilan artish kifoya qiladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bavl qilganda siydik tanaga tanga miqdorida tarqab ketmasa, uni suv bilan юvish mustahab. Qilsa savob, qilmasa gunoh emas. Lekin siydik jinsiy a'zoga tanga miqdoridan katta joyga tarqalsa, uni юvish shart bo'lib qoladi. El kelish yoki uxlab qolish yohud qon chiqish bilan tahorat singan paytlarda istinjo (mustahab) qilinmaydi. Ba'zilar mana shunday istinjo qilinmaydigan holatlarda ham sovuq kunlarda jinsiy a'zolarni suv bilan юvaverish natijasida tezda kasal bo'lib qoladilar. Vaholanki, tahorat qilishdan oldin old yoki orqa avratlardan najosat chiqqan bo'lsa va najosat tanga miqdoricha atrofga yoyilsa avrat a'zolarini tozalab, suv bilan юvish shart bo'ladi. Ammo najosat tanga miqdoricha yoyilmasa, kesak yoki maxsus qog'oz bilan poklansa, etarli. Undan keyin suv bilan юvish mustahab bo'ladi, ya'ni юvsa savob oladi, юvmasa gunohkor bo'lmaydi va tahoratiga nuqson ham etmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, orqa avratdan chaqqan narsani tanga miqdoricha chiqqan yoki chiqmaganini bilish qiyin. Shuning uchun ulamolar bugungi kunimizda orqa avratdan najosat chiqqanda suv bilan poklanishni sunnat deydilar. Ammo bavl qilganda, uni tanga miqdoricha tanaga yoyilishini oldi olinsa, suv bilan юvish shart bo'lmaydi, balki mustahab bo'ladi. Kesak yo maxsus qog'oz bilan poklanish ham joiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar