BALG'AM

ID: 4086

10.11.2025

187

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, ustozlar, savolim bor edi. 1. Burundan yoki og'izdan keladigan yashil balg'am tahoratni buzadimi? Teri yoki yara qoparilsa-ю, lekin qon chiqmasa, unda ham buziladimi? 2. Men ishlaydigan joy suv ta'minotiga noqonuniy ulangan, pul to'lamasdan ishlatadi. Shu suvdan tahorat olib, namoz o'qisam bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Fiqhga ko'ra, burundan yoki og'izdan kelgan balg'am tahoratni buzmaydi. Shuningdek, qon chiqmasdan teri yoki yaraning ko'chishi ham tahoratni sindirmaydi. Ikkinchi savolingizga kelsak, tortib olingan yoki o'g'irlangan suvdan tahorat olish, garchi bu bilan tahorat durust sanalsa-da, o'g'irlangan mulkni ishlatganlik uchun gunoh hisoblanadi. Shu sababli, imkon qadar boshqa suv topib tahorat qilish lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar